Universitet axborot-resurs markazini (ARM) avtomatlashtirish: nimalarga e'tibor berish kerak?

OTM ARM'i oddiy kutubxonadan ko'proq narsani talab qiladi: talabalar ro'yxati HEMIS'da, akkreditatsiya ko'rsatkichlari va fanlarni adabiyot bilan ta'minlash hisoboti kerak bo'ladi.

1. Kitobxonlar: HEMIS va OneID

Talabalar va xodimlarni qo'lda kiritish o'rniga HEMIS bilan sinxronlash ma'qul: fakultet, kafedra va guruhlar har kuni avtomatik yangilanadi. Kitobxon HEMIS login yoki OneID orqali kiradi.

2. Akkreditatsiya va me'yorlar

  • 43-mezon (43.1–43.7) ko'rsatkichlari — fond, elektron resurslar, tashriflar, treninglar, dinamika
  • Fanlarni adabiyot bilan ta'minlash (3335-son me'yor, jumladan "har 6 talabaga 1 nusxa")
  • 15.b jadval: yo'nalish, fan, adabiyot, nusxalar va ta'minlanganlik koeffitsienti

3. Elektron resurslar va xalqaro bazalar

Elektron darsliklar katalogda bosma fond bilan birga bo'lishi, foydalanish (ko'rish, yuklab olish) va xalqaro bazalarga o'tishlar hisobga olinishi kerak — bular akkreditatsiya hisobotiga kiradi.

4. Mavjud ma'lumotlarni ko'chirish

IRBIS yoki Koha'da yig'ilgan katalogni yo'qotmaslik muhim: import oldidan ko'rib chiqish, takrorlarni topish va eski fondga inventar raqamlarini berish imkoniyati bo'lishi kerak.

5. Kundalik ish

  • Shtrix-kod bilan kitob berish, o'quv zali, band qilish va Telegram eslatmalari
  • Obxodnoy varaqa — bitiruvchi qarzdorligini tizimda tekshirish
  • Rollar: kataloglovchi, kitob berish xodimi, fond hisobi, administrator
  • Shaxsga doir ma'lumotlar (O'RQ-547) talablari

Ko'p beriladigan savollar

HEMIS integratsiyasi uchun nima kerak?

OTM HEMIS API kirish kalitini taqdim etadi; shundan keyin sinxronlash avtomatik ishlaydi.

Kutubxonangizni AKBTSystem'ga ulang

Ariza qoldiring — tizimni ko'rsatib, ulanish bo'yicha taklif yuboramiz.

Ariza qoldirish