Kitob berish va qaytarish

Kitobxon kartasini yoki kitobni skanerlang — kitob berildi. Uzaytirish, band qilish, jarimalar va eslatmalar avtomatik.

Abonement va o'quv zali

  • Bitta maydonda shtrix-kod yoki inventar raqami — skaner klaviatura kabi ulanadi
  • Berish, qaytarish, uzaytirish, hammasini uzaytirish va ommaviy berish
  • O'quv zalida foydalanish, shu jumladan bir necha kunlik
  • Filiallar o'rtasida o'tkazmalar, yo'qolgan va shikastlangan nusxalar
  • Kitob berish qoidalari, kutubxona kalendari va muddat o'tish qoidalari
  • Chop etiladigan cheklar

Band qilish va navbat

Kitobxon elektron katalogdan kitobni band qiladi; kutubxonachi javondan olish ro'yxatini ko'radi, kitob tayyor bo'lganda kitobxonga Telegram, SMS yoki e-pochta orqali xabar boradi. Navbat, olib ketishni kutayotganlar va qaytarib chaqirish ham bor.

Jarimalar va eslatmalar

  • Muddat o'tganda jarima avtomatik hisoblanadi, to'lov, kechirish va kvitansiya
  • Muddat yaqinlashganda va o'tganda avtomatik eslatmalar (Telegram bot, SMS, e-pochta)
  • Obxodnoy varaqa: qarzdorlik yo'qligi haqida ma'lumotnoma PDF ko'rinishida

O'z-o'ziga xizmat, RFID va oflayn rejim

O'z-o'ziga xizmat kioski orqali kitobxon kitobni o'zi oladi va qaytaradi. SIP2 server RFID kioskalar, saralash qurilmalari va xavfsizlik darvozalariga ulanadi. Internet uzilganda oflayn rejimda ishlash davom etadi, keyin ma'lumotlar sinxronlanadi.

Ko'p beriladigan savollar

Qaysi shtrix-kod skanerlari mos keladi?

Klaviatura rejimida ishlaydigan istalgan USB yoki simsiz skaner — maxsus drayver kerak emas.

RFID qo'llab-quvvatlanadimi?

Ha, SIP2 protokolini qo'llaydigan RFID kioskalar, darvozalar va saralash qurilmalari orqali.

Kutubxonangizni AKBTSystem'ga ulang

Ariza qoldiring — tizimni ko'rsatib, ulanish bo'yicha taklif yuboramiz.

Ariza qoldirish