ABIS (AKAT) nima? Avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimi
ABIS — kutubxonaning asosiy ishlarini bitta dasturda bajaradigan tizim: fondni kataloglash, kitob berish, kitobxonlar, fond hisobi va hisobotlar. O'zbek tilidagi manbalarda AKAT yoki AKBT deb ham yuritiladi.
Avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimi (ABIS; ingl. integrated library system, ILS) — kutubxona jarayonlarini yagona ma'lumotlar bazasi asosida avtomatlashtiruvchi dasturiy ta'minot. Kitob bir marta kataloglanadi, keyin shu yozuv kitob berishda, elektron katalogda, fond hisobida va hisobotlarda ishlatiladi.
ABIS odatda qanday modullardan iborat?
Kataloglashtirish — bibliografik yozuvlar (MARC21 yoki UNIMARC/RUSMARC), UDK/BBK indekslari, mualliflik belgisi
Kitob berish (aylanma) — berish, qaytarish, muddat uzaytirish, band qilish, qarzdorlar
Kitobxonlar — ro'yxatga olish, kitobxon guvohnomasi, cheklovlar
Elektron katalog (OPAC) — kitobxonlar uchun qidiruv va band qilish
Butlash va fond hisobi — kelib tushish, summar hisob (KSU), inventar kitobi, hisobdan chiqarish
Hisobotlar va statistika
ABIS va elektron kutubxona — farqi nimada?
Elektron kutubxona — raqamli resurslar (PDF, EPUB, audio) to'plami va ularga kirish. ABIS esa butun kutubxona ishini, shu jumladan bosma fondni boshqaradi. Zamonaviy ABIS elektron resurslarni ham bosma fond bilan bitta katalogda saqlay oladi.
O'zbekistonda ABIS tanlashda tekshiruv ro'yxati
Katalog formati: MARC21 va mavjud bazani (IRBIS, Koha, MARC fayllar) import qilish imkoniyati
UDK va BBK klassifikatorlari, mualliflik belgisini hisoblash
Shtrix-kod bilan kitob berish; kerak bo'lsa RFID (SIP2 protokoli)
VMQ-552 bo'yicha hisob hujjatlari: KSU, inventar kitobi, hisobdan chiqarish va fond tekshiruvi dalolatnomalari
Davlat statistikasi ("1-kutubxona") va OTM uchun akkreditatsiya 43-mezon hisobotlari
OTM uchun HEMIS va OneID integratsiyasi
Shaxsga doir ma'lumotlar (O'RQ-547): rozilik, kirishlar jurnali, rollar
Zaxira nusxalar, yangilanishlar va texnik qo'llab-quvvatlash kimning zimmasida
AKBTSystem'da
AKBTSystem — yuqoridagi barcha modullarni o'z ichiga olgan bulutli ABIS. Har bir tashkilot alohida baza va o'z subdomenida ishlaydi, dastur o'rnatish shart emas.
Ko'p beriladigan savollar
ABIS bilan oddiy Excel jadvalining farqi nima?
Excel'da har bir hujjat alohida yuritiladi; ABIS'da kitob bir marta kiritilib, katalog, kitob berish, hisob va hisobotlarda avtomatik ishlatiladi.
Bulutli ABIS xavfsizmi?
Bu provayderga bog'liq: tashkilotlar ma'lumotlari ajratilganmi, zaxira nusxa olinadimi, kirishlar qayd etiladimi — shularni so'rang.
Kutubxonangizni AKBTSystem'ga ulang
Ariza qoldiring — tizimni ko'rsatib, ulanish bo'yicha taklif yuboramiz.