Elektron katalog va kataloglashtirish

Kitob bir marta kiritiladi — kutubxonachi uchun MARC21 yozuvi, kitobxon uchun qulay elektron katalog (OPAC). UDK, BBK va mualliflik belgisi bitta formada.

Kataloglashtirish

  • MARC21 muharriri va soddalashtirilgan forma, yozuv versiyalari tarixi va qaytarish
  • UDK (UDC Summary) va BBK klassifikatorlari daraxt ko'rinishida, mualliflik belgisi kalkulyatori (Xavkina jadvali)
  • Avtoritet yozuvlar: mualliflar va mavzular avtomatik bog'lanadi
  • Takroriy yozuvlarni aniqlash va birlashtirish
  • Nusxa kataloglash: SRU serverlaridan tayyor yozuvni olish
  • Unilibrary.uz dan qidirib, tavsif va havola sifatida qo'shish
  • Yorliqlar: koreshok va shtrix-kod yorliqlarini chop etish, nusxalarni ommaviy tahrirlash

Import va eksport

Mavjud katalog yo'qolmaydi: MARC21 va UNIMARC/RUSMARC (IRBIS ISO) fayllari UTF-8, MARC-8, CP1251 va CP866 kodirovkalarida oldindan ko'rib, import qilinadi; kerak bo'lsa import bekor qilinadi. Katalog MRC, MARCXML, CSV, Excel va Word formatlarida eksport qilinadi.

Kitobxon uchun elektron katalog (OPAC)

  • Qidiruv, kengaytirilgan qidiruv, filtrlar va "siz buni nazarda tutdingizmi?" tavsiyalari
  • Lotin va kirill yozuvida qidirish — transliteratsiya avtomatik
  • UDK, fan sohasi va hujjat turi bo'yicha ko'rib chiqish, yangi kelganlar va ommabop kitoblar
  • Nusxalar mavjudligi, band qilish, QR havola, GOST 7.1, APA va MLA bo'yicha iqtibos
  • Savat: RIS, BibTeX, CSV, MARC formatida eksport yoki e-pochtaga yuborish
  • Kitobxon kabineti: olingan kitoblar, band qilishlar, jarimalar, tarix va o'qish ro'yxatlari

Yagona katalog va almashinuv

Katalog OAI-PMH 2.0 (oai_dc, marc21) va SRU orqali tashqi tizimlar va yig'ma kataloglar uchun ochiladi.

Ko'p beriladigan savollar

Elektron katalog telefonda ishlaydimi?

Ha, elektron katalog brauzerda ishlaydi va telefon ekraniga moslashgan.

UDK indeksini qo'lda yozish kerakmi?

Yo'q, UDK va BBK klassifikatorlari daraxtidan tanlanadi, mualliflik belgisi esa kalkulyator orqali hisoblanadi.

Kutubxonangizni AKBTSystem'ga ulang

Ariza qoldiring — tizimni ko'rsatib, ulanish bo'yicha taklif yuboramiz.

Ariza qoldirish