Akkreditatsiya 43-mezon: axborot-resurs markazi (ARM) ko'rsatkichlari

Oliy ta'lim muassasasi akkreditatsiyasida ARM faoliyati 43-mezon bo'yicha baholanadi. Quyida har bir ko'rsatkich uchun qanday ma'lumot kerakligi va uni AKBTSystem qanday hisoblashi.

43-mezon ko'rsatkichlari va kerakli ma'lumotlar

  • 43.1 — fanlarning adabiyot bilan ta'minlanganligi va asosiy adabiyotlardan foydalanish (fanlar kesimida berilishlar)
  • 43.2 — fond tarkibi adabiyot turlari bo'yicha (darslik, o'quv qo'llanma, ilmiy, badiiy), Brayl va audio nashrlar, "har 6 talabaga 1 nusxa" me'yorining bajarilishi, o'quv zali tashriflari
  • 43.3 — elektron kutubxona: e-resurslar, ko'rish va yuklab olishlar, xalqaro ma'lumotlar bazalari va ularga o'tishlar
  • 43.4 — jihozlar (printer, skaner, Wi-Fi, elektron katalog terminallari), treninglar va tadbirlar
  • 43.5 — elektron resurslar adabiyot turlari bo'yicha, elektron versiyasi bor asosiy darsliklar
  • 43.6 — davriy nashrlar, elektron katalogdagi yozuvlar va davrda qo'shilganlari, OPAC tashriflari va qidiruvlar
  • 43.7 — oylar kesimida dinamika: faol kitobxonlar, tashriflar, berilishlar, e-resurslardan foydalanish, qidiruvlar

Bu ma'lumotlarni qo'lda yig'ish nega qiyin?

Ko'rsatkichlar kitob berish, fond, elektron resurslar, tashriflar va tadbirlar ma'lumotlarini birlashtiradi. Qog'oz daftarlar yoki alohida jadvallarda yuritilganda ularni bir davr uchun solishtirish ko'p vaqt oladi va xatolarga olib keladi.

AKBTSystem'da 43-mezon hisoboti

  • Hisobotlar bo'limida "Akkreditatsiya (43-mezon)": ko'rsatkichlar bo'yicha kartalar va davr filtri
  • Word (bo'limli hisobot) va Excel (har ko'rsatkich alohida varaqda) formatida yuklab olish
  • Fanlarni adabiyot bilan ta'minlash (3335-son me'yor) — alohida hisobot
  • 15.b jadval: ta'lim yo'nalishi, fan, kafedra, adabiyot, turi va shakli, talabalar soni, ARMdagi nusxalar, ta'minlanganlik koeffitsienti va me'yor bajarilishi
  • Qidiruv statistikasi, xalqaro bazalarga o'tishlar va treninglar hisobi tizimda avtomatik yuritiladi
  • Hisobotlarda shaxsiy ma'lumot chiqmaydi — faqat yig'indi ko'rsatkichlar

Ko'p beriladigan savollar

Hisobot qaysi tilda chiqadi?

Rasmiy hisobotlar o'zbek tilida (lotin yozuvida) shakllantiriladi.

Talabalar soni qayerdan olinadi?

HEMIS integratsiyasi yoqilgan bo'lsa, talabalar va guruhlar HEMIS'dan avtomatik sinxronlanadi.

Kutubxonangizni AKBTSystem'ga ulang

Ariza qoldiring — tizimni ko'rsatib, ulanish bo'yicha taklif yuboramiz.

Ariza qoldirish